AQShning Delaver shtati politsiyasi xodimlari, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularga to‘pponcha bilan tahdid qilgan nogiron kishini otib tashladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mahalliy ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, politsiyachilar hodisa joyiga yetib kelganida Jeremi MakDoul nogironlar o‘rindig‘ida o‘tirgan holda, qo‘lida to‘pponcha ko‘tarib turar va tartib posbonlarining qurolni tashlash haqidagi ko‘rsatmasiga bo‘ysunmayotgan edi.
Politsiyachilarning so‘zlariga ko‘ra, yosh yigit qurolni tashlash haqidagi talabga javoban to‘pponcha ushlagan qo‘lini yuqoriga ko‘tara boshlagan va shu vaqtda politsiyachilar unga qarata o‘t ochgan.
Halok bo‘lgan nogironning qarindoshlari tomonidan taqdim etilgan videoda politsiyachilarning qurolni tashlash haqidagi talabini eshitish mumkin, biroq MakDoul politsiyachilarga to‘pponcha bilan o‘qtalgani ko‘rinmagan.
Mahalliy politsiya boshlig‘i MakDoul oilasi a’zolarini politsiya ularni tergov jarayonidan xabardor qilib turishiga va’da berdi.
Izoh (0)