AQShdagi Stratfor xususiy razvedka-tahlil kompaniyasi Suriyadagi Latakiya aviabazasining sun’iy yo‘ldosh yordamida olingan yangi fotosuratlarini e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Tahlilchilar suratlardan Rossiyaning T-90 tanklari, BTO-80 zirhli transport vositalari, Su-24, Su-25 va Su-30 samolyotlari, shuningdek, Il-76 transport samolyoti hamda Mi-24 vertolyotlarini topdi.
AQSh davlat kotibi Jon Kerrining 22-sentabrdagi bayonotiga ko‘ra, Latakiyadagi rus samolyotlarining soni va turiga qarab, ular bu yerga aynan aviabazani mudofaa qilish uchun olib kelinganini taxmin qilish mumkin.
Rossiya tomoni Suriyaga mazkur mamlakat hukumati bilan imzolangan shartnomalar doirasida qurol-aslaha yetkazib berayotganini ta’kidlab kelmoqda. Harbiy yuklarning yetkazib berilishi rus harbiy xizmatchilari tomonidan ta’minlanmoqda.
Izoh (0)