Chili sohillarida 6,3 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Zilzila 21-sentabr, dushanba kuni sodir bo‘ldi. Uning markazi Ilyapel shahridan 52 kilometr g‘arbda, 22,8 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Talofatlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan. Bundan bir kun avval — 20-sentabr, yakshanbada ham Chilida 5,4 magnitudali zilzila qayd etilgandi.
Izoh (0)