Komi Respublikasi rahbari Vyacheslav Gayzer oldinroq Basmanniy sudi tomonidan qabul qilingan uni qamoqqa olish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan Moskva shahar sudiga shikoyat qiladi. Bu haqda Geyzerning advokati Oleg Lisayev ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RBK”.
“Himoya qamoqqa olish chorasi qo‘llanganidan norozi va o‘z-o‘zidan, bu qaror bo‘yicha shikoyat qiladi”, — deya ta’kidlagan Lisayev.
Uning aytishicha, bir qator kasalliklardan aziyat chekadigan Gаyzerning qamoqxonada tutib turilishi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Izoh (0)