Eron prezidenti Hasan Ruhoniy G‘arb jurnalistlariga bergan ilk intervyusida mamlakat yadro dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuvni AQSh bilan ixtiloflarga barham berishda birinchi qadam, deb baholadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“So‘rovlarga ko‘ra, Eron xalqining aksariyat qismi kelishuvni ijobiy baholagan. Parlament uni tasdiqlashiga umid qilaman”, — deya ta’kidlagan Ruhoniy CBS telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1980-yilda, Islom inqilobidan so‘ng uzilgan. Ikki davlat yetakchilari o‘rtasidagi ilk telefon orqali muloqot 2013-yilda, Ruhoniy hokimiyatga kelgach bo‘lib o‘tgan.
Izoh (0)