Eronning bir qator viloyatlarini qamrab olgan suv toshqinlari natijasida 18-sentabr, juma kuni kamida o‘n kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xususan, olti kishi Tehrondan 25 kilometr janubi-sharqda joylashgan Pakdasht shahri yaqinida halok bo‘lgan. Mamlakat janubidagi Xormozgan viloyatida esa to‘rt kishi cho‘kib ketgan bo‘lib, ularning ikki nafari bolalar edi.
Avvalroq Eron hukumati, mamlakatda kuzatilayotgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida bir qator daryolardagi suv sathi ko‘tarilishi, ko‘chkilar va suv toshqinlari ro‘y berishi ehtimolidan ogohlantirgan edi.
Izoh (0)