Norasmiy jahon chempionati sanalmish Devis Kubogining jahon ligasiga chiqish uchun pley-off bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston – AQSh terma jamoalari o‘rtasidagi bahsning juftlik uchrashuvi yakunlandi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — AQSh qarama-qarshiligining birinchi kunidan keyin hisob 1:1 bo‘lib turgandi.
Afsuski, Farrux Do‘stov – Denis Istomin tandemi Stiv Jonson va Sem Kuerri duetiga 3:6, 2:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Do‘stovning ko‘plab vaziyatlarda xatoliklarga yo‘l qo‘yishi natijasida mag‘lubiyat qabul qilib olindi, deyish mumkin. Endi ertaga, 20-sentabr kuni yakkalikdan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Istomin Sokka, Do‘stov esa Jonsonga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)