AQSh mamlakat tarixidagi eng yirik xakerlik hujumlari natijasida o‘g‘irlangan ma’lumotni sotishda ayblayotgan 32 yoshli rossiyalik Dmitriy Smilyanets 16-sentabr kuni Nyu-Jersidagi Kamden shahar sudida o‘z aybini tan oldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Smilyanets o‘zini elektron aloqa vositalari ishtirokidagi firibgarlikda aybdor deb e’tirof etdi. U 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bungacha uch yil davomida hibsda saqlanish vaqtida rossiyalik aybini inkor etib kelgan.
Sud Smilyanetsga nisbatan hukmni 2016-yil 13-yanvarda e’lon qiladi. Tergov versiyasiga ko‘ra, u yana uch nafar Rossiya fuqarosi va bir Ukraina fuqarosi bilan qator kompaniyalar kompyuterlariga xakerlik hujumi uyushtirish va 160 millionga yaqin kredit kartalari raqamlarini o‘g‘irlashga aloqador.
Nashr eslatishicha, ushbu ish bo‘yicha avvalroq boshqa bir rossiyalik, Vladimir Drinkman tan oluvchi ko‘rsatmalar bergan edi.
Izoh (0)