KXDR nafaqat to‘liq jangovar shay holatda, balki istalgan vaqtda AQShga yadroviy zarba berishga tayyor turibdi. Bu haqda, “Segodnya.ua” xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya atom energetikasi instituti direktori ma’lum qildi.
Institut direktorining ta’kidlashicha, Shimoliy Koreyaning Yonbyondagi bosh yadroviy majmuasi, xususan, uran zavodi va quvvati 5 megavattga teng reaktor to‘liq “takomillashtirilgan, qayta ishlangan va odatiy tartibda ishlash uchun moslashtirilgan”.
“Biz o‘zimizni mudofaa qilish uchun choralar ko‘rmoqdamiz, chunki AQSh bizga nisbatan juda dushmanona nazar bilan qaramoqda va o‘z yadroviy qurollari bilan bizga tahdid qilmoqda”, — dedi Shimoliy Koreyadagi institut rahbari.
Izoh (0)