Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Bosh konferensiyasining Venada bo‘lib o‘tgan 59-sessiyasida tashkilotga a’zo davlatlar Turkmanistonning MAGATEga a’zoligini tasdiqlash haqidagi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Bu haqda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Turkmaniston TIVning qayd etishicha, MAGATEga a’zo mamlakatlar Turkmanistonning yadroviy qurolni jahonda, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasida tarqatmaslik tamoyillariga sodiq ekanligini yuqori baholadi.
Sessiyada Turkmaniston MAGATEga a’zo sifatida o‘ziga olgan barcha majburiyat va vazifalarni bajarishga, shuningdek, BMT Nizomida belgilangan maqsad va tamoyillar asosida harakat qilishga tayyor ekanligi ham qayd etib o‘tildi.
Izoh (0)