Tel-Avivdan Torontoga yo‘l olgan Air Canada aviakompaniyasi uchuvchisi itning xavfsizligi o‘ylab, parvozni to‘xtatdi. Bu haqda CityNews xabar bermoqda.
Atlantika okeaniga yaqinlashganda havo kemasi kapitani yuk qismida isitish bilan bog‘liq muammoni payqab qoladi. Yo‘lovchilardan biriga tegishli bo‘lgan va bagaj bo‘limida sayyohat qilayotgan fransuz buldogi tufayli uchuvchi samolyotni ortga qaytardi va Frankfurt aeroportiga qo‘ndi.
Samolyot Germaniyadagi aeroportga qo‘ngach, Simba laqabli it xo‘jayini bilan boshqa havo kemasida Kanadaga parvozini davom ettirdi. Yo‘lovchi kapitanga reysni to‘xtatishga qaror qilgani va itini saqlab qolgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
“10 ming dollar qo‘shimcha xarajat va 75 daqiqa kechikishga qaramay, uchuvchi to‘g‘ri qaror qabul qilgan, — deya hisoblaydi aviatsiya sohasidagi ekspert Fil Darbi. —Kapitan, inson yoki jonivor bo‘lishidan qat’i nazar, bortdagilarning barchasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi”.
Izoh (0)