13-sentabr, yakshanba kuni erta tongda Pentagon binosi yaqinidagi turargohga kelib to‘xtagan shubhali avtomobil Vashington politsiyasi va maxsus xizmatlarga boshog‘riq bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.
Mashinadan qandaydir simlar chiqib turganini ko‘rgan huquq-tartibot soqchilari teraktdan xavfsirab, tekshiruv uyushtirdi va ikki soatga AQSh mudofaa vazirligiga olib boradigan barcha yo‘llarni, jumladan uning ostidan o‘tadigan metro bekatini ham yopib qo‘ydi.
Voqea joyiga portlovchi uskunalar bo‘yicha mutaxassislar yetib kelib, trevoga behuda bo‘lganini aniqladi. Biroq ba’zi OAVlar ushbu hodisa yuzasidan xavotirli xabarlar berishga ulgurib, uning 11-sentabr fojiasining 14 yilligiga “bag‘ishlangani”ga ishora qildi.
Izoh (0)