Amsterdamning Sxipxol aeroportida yuk samolyoti shassisidan odam jasadi chiqdi. Reuters xabariga ko‘ra, samolyot 12-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 6:30 da Afrikadan kelgan edi.
Gollandiya politsiyasi vakili Dennis Myullerning CNN’ga ma’lum qilishicha, erkakning jasadi o‘likxonaga yuborilgan, u yerda uning shaxsi va fuqaroligi aniqlanadi. Boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmadi.
So‘nggi bir necha oydan beri Yevropaga qochoqlarning oqib kelishi sezilarli kuchaydi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yil boshidan beri Yevropa Ittifoqiga noqonuniy yo‘l bilan kirib kelgan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari vakillari soni 378 ming kishidan oshib ketgan.
Jumladan, Gollandiyaga mazkur qochoqlar va noqonuniy muhojirlarning 1,5 ming nafari kelishi kutilmoqda.
Izoh (0)