Tojikiston hukumati vakillarining ma’lum qilishicha, mamlakat mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari, isyonchi general Abduhalim Nazarzoda hali ham tirik. “Exo Moskvi” xabariga ko‘ra, uning qayerda ekanligi aniqlangan, harakat yo‘llari yopib qo‘yilgan.
Avvalroq general Nazarzoda qurolli to‘qnashuvlar vaqtida halok bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Uni kamida bir haftadan beri Tojikistondagi daralardan birida izlashmoqda.
Mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari davlatga xiyonat, terrorchilik va bir qator boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda. Generalning tarafdorlari bilan yuz bergan qurolli to‘qnashuvlar davomida 20 dan ortiq odam halok bo‘ldi.
Izoh (0)