Yangi Zelandiya qirg‘oqlarida magnitudasi 5,7 ga teng bo‘lgan zilzila yuz berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Zilzila 13-sentabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 8:32 da yuz bergan. Yerosti silkinishlari markazi Kermadek arxipelagiga kiruvchi L’Esperans orolidan 151 kilometr janubi-sharqda, o‘chog‘i esa 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Zilzila natijasida jabrlanganlar va vayronagarchiliklar yuz bergani haqida axborot kelib tushmagan.
Izoh (0)