Imperator Akixitoning ukasi Xitati vasiyligidagi Yaponiya san’at assotsiatsiyasi muhojirlarni nemis tiliga o‘rgatayotgan Germaniyadagi Gyote institutiga 100 million iyena (800 ming dollardan ziyod) ajratdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mablag‘ ajratilishi madaniyat sohasidagi Nobel mukofotiga qiyoslanadigan, “san’at rivoji va ommalashuvi borasidagi mislsiz hissasi uchun” uchun taqdim etiladigan Yaponiya imperatorining “Premium imperiale” mukofoti nominantlari e’lon qilinishi doirasida bo‘lib o‘tdi. Bu yil haykaltarosh Volfgang Layb (Germaniya), balerina Silvi Gillem (Fransiya), me’mor Dominik Perro (Fransiya), pianinochi Mitsuko Utida (Buyuk Britaniya) va musavvir Tadanori Yoko (Yaponiya) nufuzli mukofot sohiblari bo‘ldi.
Izoh (0)