AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klintonning elektron yozishmasi tiklanishi mumkin, jumladan, yomon niyatdagi shaxslar tomonidan ham. Bu haqda The Washington Post manbalariga tayanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Klinton xonimga qarashli xususiy serverni boshqaruvchi kompaniya server to‘liq tozalangani haqidagi ma’lumotlarga ega emasligini bayon qilgan”, — deya ta’kidlaydi gazeta.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Hillari Klinton shaxsiy elektron pochtasidan xizmat yozishmalari uchun foydalangani katta xato bo‘lgani va bundan afsusda ekanini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)