Turkiyaning janubi-sharqidagi Shirnak viloyatidagi blokpost oldida yuz bergan portlash oqibatida kamida ikki politsiyachi halok bo‘ldi, besh nafari tan jarohati oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Eronning Press TV telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, blokpost yaqinida portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil portlatilgan. Turkiya hukumati mazkur terakt uchun javobgarlikni Kurdiston ishchi partiyasi (KIP)ga yuklagan.
Mazkur portlashdan so‘ng Turkiya harbiy-havo kuchlari Shirnakning tog‘li hududlaridagi KIP jangarilari marralariga qarata aviazarbalar bergan. Natijada ikki jangari yo‘q qilingan.
Turkiya armiyasi iyul oyi o‘rtalaridan beri KIPga qarshi mamlakat hududida va Iroq shimolida bir necha operatsiyalar o‘tkazdi. Bunga javoban faol jangovar harakatlarga kirishgan KIP, turk kuch tuzilmalariga qarshi deyarli har kuni hujumlar uyushtirmoqda.
Izoh (0)