Parijning shimoliy ostonasida joylashgan Sena-Sen-Deni departamentida Ikkinchi jahon urushi davriga oid uchta aviabombani zararsizlantirish bo‘yicha yirik operatsiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bombalar Nuazi-le-Sek va Bobini shaharlari yaqinidagi aholi gavjum hududda olib borilayotgan temiryo‘l ishlari davomida topilgan bo‘lib, bombani zararsizlantirish ishlariga 300 dan ortiq politsiyachi jalb etilgan, 8 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilingan.
Izoh (0)