Liviya qirg‘oq soqchilari Tripoli hududida halokatga uchragan kemadan yuzdan ziyod noqonuniy muhojirlarni qutqarib oldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Biz Afrika davlatlaridan kelgan 104 nafar muhojirni qutqardik, ular orasida 14 ayol bor, — dedi Liviya qirg‘oq soqchiligi xodimi. — Ularning ko‘pchiligi Syerra-Leone va Nigeriya fuqarolari”.
Xabarlarga ko‘ra, muhojirlar bor-yo‘g‘i 35 kishini ko‘tara oladigan shishirilgan qayiqda Yevropaga yetib olmoqchi bo‘lgan.
Liviya poytaxtidan 50 km narida kema teshilgan va cho‘kib ketgan. Qutqarilgan odamlar Tripolidagi harbiy dengiz kuchlari bazasiga yetkazildi.
Izoh (0)