Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida Nursulton Nazarboyev haqidagi beshinchi filmni suratga olish ishlari davom etmoqda, shu tufayli shahar markazidagi ko‘chalar yopib qo‘yilgan, deya xabar bermoqda “Zakon.kz”.
3-sentabr kuni 91-yil avgustidagi fitna sahnasi suratga olindi, bunda 90-yillarga tegishli transport vositalaridan foydalanildi, ko‘chalarda o‘sha davrga xos manzaralar yaratildi.
Film rejissor Sergey Snejkin tomonidan ishlanmoqda, suratga olish guruhi yuzga yaqin kishidan iborat.
Izoh (0)