Venesuela Xitoy bilan mamlakatda neft qazib olishni ko‘paytirish uchun 5 milliard dollar kredit ajratilishini ham ko‘zda tutuvchi 10 yilga mo‘ljallangan yangi hamkorlik kelishuvlarini imzoladi. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari neft va gaz, qishloq xo‘jaligi hamda texnologiyalardir. Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Biz kuniga 1 million barrel neft yetkazib berish darajasiga chiqishimiz kerak,— deya ta’kidlagan Venesuela prezidenti Nikolas Maduro kelishuvlarni imzolash chog‘ida. — Hozirgi paytda bu ko‘rsatkich 700 000 barrelni tashkil etmoqda”.
Xitoy Lotin Amerikasidagi bu davlatning asosiy kreditori hisoblanadi. Venesuela olingan qarzlarni asosan neft yetkazib berish bilan uzadi.
Izoh (0)