Moskva metropoliteni vagonlarida telekanallar translyatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Teleekranli ilk vagonlar 5-sentabr kunidan e’tiboran Serpuxovsk—Timiryazevskiy yo‘nalishida qatnay boshlaydi. Keyinchalik bunday vagonlar metroning boshqa liniyalarida ham paydo bo‘ladi.
Shu bilan birga, Moskva metrosi rahbari Dmitriy Pegovning ta’kidlashicha, teleekranlardan tovush tarqalishi masalasi hozircha hal etilmagan.
Izoh (0)