Amerikalik taniqli bokschi kichik Roy Jons oilasi uning Rossiya fuqaroligini olish istagini qo‘llab-quvvatlaganini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Avvaliga “Ehtiyot bo‘l, bu bizga yot mamlakat”, deyishgandi. Ammo turmush o‘rtog‘im Rossiyaga kelib, bu yerda menga qanday munosabatda bo‘lishayotganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgach, qarorimni ma’qulladi”, —deydi Jons.
Eslatib o‘tamiz, Jons 19-avgust kuni Sevastopolda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, RF fuqaroligini olish istagini bildirgan va ertasiga, 20-avgust kuni Yaltada bu masala yuzasidan ariza yozgandi.
Izoh (0)