31-avgust kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Mustaqillik bayrami munosabati bilan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
“Jar” stadionida o‘tgan tadbirga Toshkent shahridagi 21 va 23-mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari tashrif buyurdi.
Dastlab tadbir boshlovchisi Davron Fayziyev futbolchilar va murabbiylar shtabini bolalar bilan tanishtirib chiqdi. Keyin esa mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va terma jamoa futbolchilari ikki jamoaga aralash ajralib, 15 daqiqacha davom etgan futbol o‘yinida to‘p tepdi. Unda bolalar o‘zlarining sevimli futbolchilari bilan birga o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Futbol uchrashuvidan keyin mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Tadbirda O‘FF va Terma jamoalar markazi rahbariyati va xodimlari ham ishtirok etdi.
Izoh (0)