Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko bor-yo‘g‘i 15 soniya davom etgan ovoz berishdan so‘ng bir ovozdan Rossiya futbol ittifoqining yangi rahbari etib saylandi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Rasmiy guvohnomani unga may oxiridan buyon ittifoq prezidenti vazifasini bajarib kelayotgan Nikita Simonyan topshirdi.
Mutko so‘zlariga ko‘ra, ittifoqning birlamchi vazifasi uning iqtisodiy muammolarini hal etishdan iborat bo‘lishi kerak. Bugungi kunda qarzlar bir yarim milliard rublga yetadi.
Izoh (0)