O‘zbekiston va Yaman terma jamoalari o‘rtasida kechadigan uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan tashkilotchilik ishlari bilan shug‘ullanmasligini aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
- Jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazganingizda futbol atrofidagi muammolarni ham bartaraf etish haqida gapirgan edingiz. Ammo muxlislar uchun qanday qulayliklar joriy etildi? Masalan, chiptalar masalasi qanday hal qilindi, olib sotarlar qo‘liga o‘tib ketmayaptimi?- Men terma jamoada faqat murabbiylik ishi bilan bandman. Tashkilotchilik masalasida esa bizning Terma jamoalar markazida ajoyib xodimlar ishlamoqda. Men esa ularga ba’zan yordam berishim mumkin. Chiptalar va boshqa masalalar bilan Terma jamoalar markazi shug‘ullanadi. Shu sababli bu borada hech narsa deya olmayman.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Yaman uchrashuvi ertaga, 3-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
Izoh (0)