Rossiya prezidenti Vladimir Putinning jamoasi xokkey bahsida “Sirius” ta’lim markazi iqtidorli bolalarini 9:5 hisobida mag‘lub etdi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, o‘yin Sochidagi “Shayba” muz saroyida bo‘lib o‘tgan.
An’anaga ko‘ra 11-raqam ostida shayba surgan Rossiya prezidenti bilan birga jamoada Vyacheslav Fetisov, Pavel Bure, Valeriy Kamenskiy, Aleksandr Ovechkin, Yevgeniy Malkin kabi afsonaviy xokkeychilar o‘ynadi.
Putin mazkur sport turini yaqinda o‘rganganiga qaramay, shunga o‘xshash o‘rtoqlik uchrashuvlarida tez-tez qatnashib turadi. Bundan tashqari, u o‘z vaqtida hamkasb-siyosatchilarni, xususan, Finlyandiya va Belarus prezidentlarini ham xokkey o‘ynash uchun muz maydoniga taklif qilgan.
Izoh (0)