"Veriya" klubi (Gretsiya) darvozaboni,18 yashar Stelios Markusis 2-sentabr, chorshanba kuni mashg‘ulot paytida o‘zini yomon his qilgan va hushdan ketib, maydonga yiqilgan. Bu haqda "Uff.uz" xabar bermoqda.
Markusis darhol mahalliy kasalxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi. Tibbiy xulosalarga ko‘ra, futbolchining o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.
Izoh (0)