Saudiya Arabistoni hukumati haj davrida MERS koronavirusini aniqlash uchun tahlillar o‘tkazuvchi uchta laboratoriyani ochadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Shu yili haj safari 14-sentabrdan boshlanadi. Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan qirollikka haj safarini amalga oshirish uchun 1,5 million kishining kelishi kutilmoqda.
Avgust oyining o‘rtalarida Saudiya Arabistonida koronavirus yangidan avj oldi. 16-avgustdan 22-avgustgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 50 ga yaqin MERS bilan kasallanganlik holati aniqlanib, oqibatda 17 kishi halok bo‘lgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining ta’kidlashicha, ziyoratchilar orasida koronavirus tashuvchilari mavjudligini zudlik bilan aniqlash maqsadida Arofat tog‘i yaqinidagi kasalxonada tezkor laboratoriya tashkil etilgan.
Izoh (0)