Barak Obama kelgusi haftada Qutb doirasidan chetdagi Amerika hududiga tashrif buyurgan birinchi amaldagi prezident sifatida tarixga kirishi mumkin. Bu haqda "ТАСС" xabar bermoqda.
Obama Alyaska shtatida joylashgan AQShning eng shimoliy shahri — Ankorijda 30—31-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan Arktika bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etishi kutilmoqda. Anjumanga 20 davlatdan 450 nafar qatnashchi taklif etilgan.
1—2-sentyabr kunlari esa prezident Qutb doirasi ortiga — Kotsebu aholi punktiga sayohat qiladi.
Izoh (0)