AQSh prezidentining katta qizi Maliya Obama kiyinish uslubining yangi timsoli, deb e’tirof etilmoqda. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.
Nashrning qayd etishicha, Obamaning qizi bu maqomga da’vogarlik qila olishini ilk bor yanvar oyida, Instagram’da uning Bruklindagi rep-ijrochilarning logotipi tushirilgan futbolka kiygani tasvirlangan surat paydo bo‘lganidan so‘ng bildirgan edi.
Bu kiyim Oq uyning rasmiy fotosuratlarida qiz kiygan liboslardan keskin farq qilardi.
Jamoatchilik e’tiboridagi sakkiz yil davomida u nafaqat o‘ziga ishongan o‘smirga, balki shu yoshida kiyim masalasida o‘tkir tajribalar o‘tkazib turadigan tengdoshlari orasida uslub timsoliga ham aylandi.
Ekspertlarning fikricha, Girls serialini suratga olish ishlarida assistent sifatida qatnashayotgani Maliyaning kiyinish uslubiga ma’lum ma’noda ta’sir qilmoqda.
Izoh (0)