28-avgust, juma kuni kechki payt Yevropaning eng gavjum avtomagistrallaridan biri bo‘lgan A1 namoyishga chiqqan lo‘lilar tarafidan ikki tomondan ham butkul to‘sib qo‘yildi. Bu haqda Le Figaro nashriga tayanib, Interfax xabar berdi.
Hodisa 25-avgust kuni lo‘lilar manzilgohida jinoyatchi uzgan o‘qlar oqibatida to‘rt kishi, jumladan, yosh bola halok bo‘lgani bilan bog‘liq. Namoyish qatnashchilari halok bo‘lganlardan birining o‘g‘lini qamoqdan chiqarishni talab qilmoqda.
Lill shahri yo‘nalishida ko‘p kilometrli tiqilinchlar paydo bo‘lgan. Ta’tildan qaytayotganlar va sayyohlar o‘z avtomobillarida tunni o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan.
Izoh (0)