Rossiya Davlat dumasi deputati Iosif Kobzon AQSh bilan diplomatik aloqalarni vaqtinchalik to‘xtatishni taklif qildi, deb xabar beradi RBC.
Bunga u Federatsiya Kengashi spikeri Valentin Matviyenko bilan bog‘liq vaziyatni sabab qilib ko‘rsatdi.
“Amerikaliklar biz bilan bunday yo‘l tutish mumkin emasligi haqida o‘ylab ko‘rishi lozim”, — deydi u. Uning fikriga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi eng zaruriy aloqalarni konsullik guruhlari olib borishi mumkin.
Kobzonga sanksiyalar tufayli AQShga kirish taqiqlangan.
Izoh (0)