AQSh birinchi bor Yevropada ko‘p nishonli F-22 Raptor qiruvchi samolyotlarini joylashtirdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Yevropa va Afrikadagi AQSh Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni general Frenk Gorenkning ma’lum qilishicha, “Stels” texnologiyasi asosida yaratilgan to‘rtta samolyot 28-avgust, juma kuni Germaniya g‘arbidagi Shpangdalem Amerika aviabazasiga keltirilgan. Beshinchi avlodga mansub ushbu qiruvchilar Yevropadagi sinov parvozlarida ishtirok etadi va AQShning o‘z ittifoqdoshlari xavfsizligini ta’minlash borasidagi majburiyatlariga sodiq ekanligini namoyish etadi.
Boeing va Lockheed Martin kompaniyalari tomonidan yaratilgan F-22 Raptor AQSh Harbiy-havo kuchlariga 2005-yilda qabul qilib olingan. Jangovar vaziyatda ilk bor 2014-yili Iroq va Suriyadagi IShID egallagan hududlarga aviazarbalar berishda qo‘llanilgan, deb hisoblanadi.
Izoh (0)