KXDR Janubiy Koreya bilan Koreya yarim orolidagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha kelishuvlarga muzokaralar tufayli emas, Pxenyanda mavjud yadro quroli sharofati bilan erishdi. Bu haqda KXDR yetakchisi Kim Chen Inning Markaziy harbiy komissiya majlisidagi so‘zlariga tayanib, Interfax xabar berdi.
Kim Chen In fikricha, bitimga “muzokaralar stoli atrofida emas, o‘z-o‘zini mudofaa qilish maqsadlaridagi daf qilishning yadroviy vositalaridan iborat ulkan harbiy mushak hisobiga erishilgan”.
Shu bilan birga, u Seul va Pxenyan o‘rtasidagi kelishuvlarni Shimol va Janubga ikki tomonlama aloqalarni yaxshilash imkonini beruvchi muhim yutuq deb atadi.
Izoh (0)