NASA Gavayi orollarida odamlarni yil davomida cheklangan hududda jon saqlashi bo‘yicha tajribani boshladi. Ushbu sinov Marsga mo‘ljallanayotgan parvoz doirasida amalga oshirilmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ishtirokchilar olti kishidan iborat: fransuz astrobiologi, nemis fizigi va to‘rt nafar amerikalik – uchuvchi, me’mor, shifokor-jurnalist va tuproqshunos. Eni 11, bo‘yi 6 metr bo‘lgan gumbazda har bir ishtirokchiga alohida kichik xona ajratilgan, ular tashqariga faqat skafandrda chiqadi. Taom sifatida faqat maydalangan pishloq yoki konservalangan baliqqa o‘xshash mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin.
Tajriba o‘tkazilayotgan Mauna-Loa tog‘i atrofida deyarli jonzotlar va o‘simliklar yo‘q. Sinovlardan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad olti kishi yopiq makonda uzoq muddat toza havo va ko‘nikilgan taomlarsiz yashay olishlarini imtihondan o‘tkazishdan iborat.
Izoh (0)