Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev AQShga sentabr oyida rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi. Ushbu tashrif chog‘ida u BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasida ishtirok etishni mo‘ljallagan edi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Prezident apparati xodimlarining ma’lum qilishicha, avval noyabrda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan parlament saylovlarining 4-oktabrga ko‘chirilishi sababli davlat rahbari shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasi 15—22-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)