Kaliforniyaning San-Diyego universiteti olimlari suyuqliklarda harakatlana oladigan baliq shaklidagi mikrorobotlarni 3D-printerdan chiqarish texnologiyasini ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda Advanced Materials jurnali.
Mikrorobotning uzunligi 120 mikron, qalinligi 30 mikronni (odam sochidan ingichkaroq) tashkil etadi. Uning dumida platinali nanoqismlar bo‘lib, ular vodorod peroksidi bilan aloqaga kirishgach, harakatlana boshlaydi. Baliqchaning boshiga esa temir oksidi nanoqismlarini joylashdi, u magnitlar yordamida baliqning yo‘nalishini belgilash imkonini beradi.
Mualliflar ushbu nanobaliqchalar odam organizmidagi toksinlarni aniqlash va zararsizlantirish uchun qo‘l kelishini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)