Fond bozori tushib keta boshlaganidan beri bir hafta o‘tib, dunyoda milliarderlar soni 66 kishiga kamaydi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyada ularning soni besh kishiga, Xitoyda 21, AQShda 9, Hindistonda olti kishiga qisqargan.
Rafiqasi bilan Rossiyadagi eng katta o‘simlik yog‘i ishlab chiqaruvchi “Sodrujestvo” xoldingini boshqaruvchi Aleksandr Lutsenko eng ko‘p mablag‘ yo‘qotdi: uning davlati 233 million dollarga — 983 million dollargacha kamaydi.
Shuningdek, “TAIF” guruhi egadoshi Rustam Sulteyev 98 million dollar, Tatariston sobiq prezidentining o‘g‘illari Ayrat va Radik Shaymiyev 96 million dollardan yo‘qotdi.
Izoh (0)