AQSh va Janubiy Koreya 28-avgust kuni KXDR chegaralari yaqinida ikki hafta davom etgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni yakunlamoqda, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Yig‘inlarda AQShning 30 ming, Janubiy Koreyaning 50 ming nafar harbiy xizmatchisi, aviatsiya va og‘ir artilleriya ishtirok etdi. Shimoliy Koreya jangovar snaryadlar qo‘llanilgan ushbu mashg‘ulotlarni provokatsiya deb atab, ittifoqchilar shu yo‘l bilan KXDRga hujum rejasini ishlab chiqayotganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy va Janubiy Koreya chegaradagi mojaro bo‘yicha 24-avgust kuni bitimga erishgan edi. Unga binoan, Koreya respublikasi harbiysizlashtirilgan hudud yaqinida ovoz kuchaytirgichlardan eshittirish uzatishni to‘xtatishga rozi bo‘lgan, KXDR esa o‘t ochishlar uchun uzr so‘ragan.
Izoh (0)