Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishi birinchi chorakdagi 0,5 foizdan ikkinchi chorakda 0,4 foizgacha tushdi. Bunga, asosan, Yaponiyadagi pasayish (1, 6% ) sabab bo‘ldi, deya xabar beradi “RBK”.
Yevrohududda ham iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasaygan, Fransiyada esa nolga teng bo‘lgan. Niderlandlarning iqtisodiy siyosat tahlili byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosidagi savdo hajmi ham 2009-yildan beri eng katta pasayishni ko‘rsatgan: birinchi chorakda 1,5 foizga pasaygan bo‘lsa, ikkinchi chorakda bunga yana 0,5% qo‘shilgan.
Izoh (0)