AQShning Virjiniya shtati telekanallaridan birining jurnalistlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir chog‘ida otib tashlandi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” CNN’ga tayanib. Halok bo‘lganlar — muxbir Elison Parker va operator Adam Uord.
Hodisa mahalliy vaqt bilan ertalab 6:45 da sodir bo‘ldi. Noma’lum shaxs savdo markazidagi intervyu paytida o‘t ochdi. Efirga chiqqan videoda kamida olti marta o‘q uzilganini eshitish mumkin.
WDBJ7 kanali rahbari xodimlari vafoti munosabati bilan efirda so‘zga chiqdi. U jinoyatni kim sodir etgani va uning maqsadi nimadan iborat bo‘lganini bilmasligini aytdi.
Izoh (0)