Angliyaning Manchester shahrida 16 yoshli qiz (ismi oshkor etilmayapti) ikkita terakt tayyorlashda aybdor ekanligini tan oldi, deya xabar bermoqda BBC News.
Qizning telefonida bomba tayyorlash bo‘yicha instruksiya, turli qurol va qiynoqlar fotosuratlari, shuningdek, vafot etgan yosh bolaning surati topildi.
Sudlanuvchi, xususan, Avstraliyaning Melburn shahridagi hujumni rejalashtirishda ayblanmoqda, shu yilning mayida politsiya uning oldi olinganini e’lon qilgan edi. Qiz garov puli evaziga ozod etildi, uning ishi bo‘yicha hukm 15-oktabrda chiqarilishi mumkin.
Britaniyalik qiz aprelda 14 yoshli o‘smir bola bilan birga qo‘lga olingan edi, bola Avstraliyada politsiyachilarga terrorchilik hujumini rejalashtirishda qatnashganini tan olgan.
Izoh (0)