Levada markazining avgust oyidagi tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin faoliyatidan fuqarolarning 83 foizi mamnun, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Qolgan 17 foizi prezidentning ishidan qoniqmaydi.
Nashr ta’kidlashicha, ketma-ket ikkinchi oy Putinning ishini ma’qullash reytingida pasayish kuzatilmoqda. Iyulda prezidentni qo‘llab-quvvatlaydiganlar 87 foizni, iyunda 89 foizni tashkil etgan edi.
Izoh (0)