Yaponiyada 284 kishida streptokokk toksik shoki sindromi qayd etildi, u taxminan 30 foiz holatlarda o‘lim bilan tugaydigan kamdan-kam uchraydigan kasallikdir. Bu haqda “Inform.kz” xabar bermoqda. Ayniqsa, kasallikning birinchi kunlarida o‘lim ehtimoli yuqori bo‘ladi.
1999-yilda Yaponiyada ushbu xastalik bo‘yicha statistika olib borila boshlaganidan buyon bu kasallanganlarning eng ko‘p miqdoridir.
Kasallikning ta’sir qilish mexanizmi to‘liq o‘rganilmagan, biroq u asosan 30 va undan kattaroq yoshli kishilarda uchrashi ma’lum. A guruhidagi streptokokklar yuqori harorat bilan birga kuzatiladigan bezgak, bosimning tushishi, ongning chigallashishi va qo‘l-oyoqlarning shishishini keltirib chiqaradi.
Bemorni davolash uchun statsionarda intensiv davolash olib borilishi kerak. Ushbu kasallik teridagi yorilish va yaralar orqali yuqadi.
Izoh (0)