Indoneziyaning Trigana Air Service aviakompaniyasi Papua provinsiyasida halokatga uchragan samolyot qurbonlari oilasiga salkam 90 ming dollardan to‘laydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kompaniya vakili Benni Sumariantoning ma’lum qilishicha, to‘lovlar yaqin uch-to‘rt hafta ichida boshlanadi. Mahalliy qonunchilikka binoan miqdori belgilangan ushbu tovon pulidan tashqari, halok bo‘lganlarning oilasiga sug‘urta kompaniyasidan 7, 2 ming dollardan ham beriladi.
Izoh (0)