Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe Seuldan 40 km masofada joylashgan Yon’in shahridagi baza harbiy xizmatchilarining tayyorgarligini tekshirib ko‘rdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Rejadan tashqari tashrif Koreya yarim orolidagi vaziyatning keskinlashuvi fonida bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbari yaqin vaqt ichida mamlakat mudofaa vazirligi rahbariyatidan joriy vaziyat bo‘yicha ma’ruzani qabul qilib olishi kutilmoqda.
Prezident qurolli kuchlarga KXDR tomonidan yangi provokatsiyalar bo‘lgan taqdirda javob zarbasini berishga shay bo‘lib turish haqida buyruq berdi.
Shuningdek, Seul vaziyat keskinlashuvi tufayli AQSh va boshqa mamlakatlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, 20-avgust, payshanba kuni KXDR Koreya yarim orolini ikkiga ajratib turuvchi harbiy demarkatsiya chizig‘ining g‘arbiy qismi bo‘ylab Janubiy Koreya harbiylari joylashgan nuqtalarni o‘qqa tutgani xabar berilgan edi. So‘ng Janubiy Koreyaning ba’zi qishloqlari aholisini KXDR tomonidan to‘plardan o‘q yog‘dirilishi tufayli evakuatsiya qilish haqida buyruq berildi. Janubiy Koreya harbiylari KXDR tomonidan o‘t ochilganidan so‘ng javob o‘qini uzdi.
Izoh (0)