NASA 15—28-sentabr kunlari oralig‘ida Yerga asteroid kelib urilishi va bu jiddiy vayronagarchiliklarni keltirib chiqarishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi, deb yozadi “RBK”.
Nashr eslatishicha, avvalroq internetda osmon jismi sayyora bilan to‘qnashishi natijasida Atlantikadan Meksika va AQSh sohillarigacha bo‘lgan hudud, shuningdek, Markaziy va Janubiy Amerika barbod bo‘lishi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.
“Ushbu sanalarda asteroid yoki har qanday osmon jismi Yerga ta’sir o‘tkazishi bo‘yicha hech qanday ilmiy asos va dalil yo‘q”, — dedi NASA mutaxassisi Pol Xodas.
Izoh (0)