Qozog‘iston prezidenti yaqin yillarda mamlakatni murakkab sinovlar kutayotgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda u biznes vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”.
“Kelgusida bizni avvalgilardan ko‘ra og‘irroq buhronlar kutmoqda. Bunday vaziyat barcha sohalarni qamrab oladi, xususan, moliya, sanoat va ishlab chiqaruvchilarni. Shu sababli cho‘ntakka qarab yashashga to‘g‘ri keladi, budjet jiddiy tarzda qisqartiriladi. Keyingi uch yil mobaynida amaldorlar soni ko‘payishi yoki maoshi oshishi haqida o‘ylamasa ham bo‘ladi”,— deya ta’kidlagan davlat rahbari.
Izoh (0)